Ulimdan sung xakida

Assalomu alaykum shayx xazratlari. Allox kilayotgan xayrli ishlaringizni dargoxida kabul kilsin, va barchalarimizni oralarimizni islox kilib okibatlarimizni maxmud kilsin Omin! Dustlarimiz bilan suxbatlashib utirib ulimdan sungi xayot mavzusida xar xil gap suzlarni eshitdik. Shu xakda Sizdan surashga karor kilib shu maktubni yullamokdamiz. Ulimdan sung toki kiyomatgacha bandalarning(muminning, kofirning, munofikning, va boshkalarning) xoli xakida batafsil tuxtalib utsangiz, ruxlar kabrda koladimi yoki biron joyga junatiladimi, muomalat kandok buladi. Agar savolda kamchiliklar va xatolar bulsa avvaldan uzr surayman. Javob uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qabr azobidan murod barzax azobidir. Har bir o‘lgan odam, azobga loyiq bo‘lsa, qabrga ko‘milsa ham, ko‘milmasa ham, o‘z nasibasini tortadi. Yirtqichlar eb ketsa ham, kuyib kul bo‘lib, havoga uchib ketsa ham, osilsa ham, g‘arq bo‘lsa ham baribir. Qabr ahllariga etgan azob, ularning ham ruhu, ham badanlariga etadi. Iboralarda qabr va dafnni zikr qilish esa g‘olib holat e’tiboridan bo‘lgan.O‘limdan so‘ng qiyomatgacha ruhlarning qarorgohi haqida. Bu haqidagi gaplar o‘n to‘rttadan iborat bo‘lib, xulosasi, ruhlar barzaxda turli darajada bo‘lurlar: 1. Ba’zi ruhlar oliy to‘pda, yuksak illiyinda bo‘ladi. Bular Payg‘ambarlar sollallohu alayhi vasallamlarning ruhlaridir. Ularning darajalari ham turlicha bo‘ladi. 2. Bandalar haqidan qarzdor bo‘lmagan shahidlarning ruhlari jannatda xohlagan joylariga erkin borib yuradigan yaxshi qushlar jig‘ildonida bo‘ladi. 3. Ba’zi ruhlar jannat eshigi oldida hibsga olingan bo‘ladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislaridan birida: «Sohibingizni jannat eshigi oldida hibsga olingan holda ko‘rdim», deganlar. 4. Ba’zi ruhlar qabrida hibsga olingan bo‘ladi. 5. Ba’zilari erda hibsga olingan bo‘ladi. 6. Ba’zilari zinokor er-ayollar tannurida bo‘ladi. 7. Ba’zilari qon daryosida suzib, tosh yutib yuradi. Bularning hammasiga sunnatdan dalillar bor.Odamning o‘limidan to qiyomatgacha bo‘ladigan holini barzax deyiladi.

28 Aprel 2022, 10:14 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar