Payg‘ambarlar soni aniqmi?


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qur’oni Karimda nomlari zikr qilinmagan Payg‘ambarlar haqidagi eng ishonchli ma’lumot Ibn Murdavayhi Abu Zarr al-G‘iforiy roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda kelgan, u kishi aytadilarki: 
«Ey, Allohning Rasuli, Payg‘ambarlar qancha? » deb so‘radim.  
U zot sollallohu alayhi vasallam: 
«Bir yuz yigirma to‘rt mingta», dedilar.  
«Ey, Allohning Rasuli, ulardan qanchasi Rasullar? » dedim.  
«Uch yuz o‘n uchtasi, ko‘pchilik» dedilar.  
-Ammo yaxshisi oyatning ma’nosidagi ma’lumot.

20 Aprel 2022, 19:43 | Savol-javoblar | 165 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar