Kitoblarni nusxasi xaqida

Asslomu alaykum Ustoz ko‘pchilikning iltimosiga binoan Sovol bermoqchi edim.Siz yozgan kitoblar ichida qaysilarini nusxa ko‘chirish uchun ruxsat bergansiz Qirgizistonda.Bizda shunday kitoblar ko‘p.Sovdagardan so‘rasang Nashriyodagilar ruxsad olgan deb ishonch bilan aytib sotadi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Birortasiga ham ruxsat berganim yo‘q. Ammo Alloh taolodan qo‘rqmaydigan, haromdan hazar qilmaydigan, birovning haqqini poymol qiladigan kimsalar, o‘zlaricha nusxa ko‘chirishmoqda ekan. Oxiratda ishlari og‘ir bo‘ladi, inshaalloh. Agar imkonini topsak, sudga ham beramiz. Men barcha chin musulmonlarni bu ishga qarshi chiqishga, haromxo‘rlarga tanbih berishga chaqiraman.

6 May 2022, 20:26 | Savol-javoblar | 149 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar