Qaynonam yolg‘on gapirtiradi

Assalomu alaykum! Meni turmush qurganimga 6 yil bo‘ldi. Qaynonam ibodatli ayol lekin mani yolg‘on gapirishga ya’ni ko‘pincha qaynotamdan unga-bunga deb pul so‘rab oberishga majbur qiladilar. Qaynonam boshqa erga ketib "adezga aytin -u yoqqa kettila" deb yolg‘on gapirtiradilar. Endi o‘g‘limgayam ora chora yolg‘on gapirishga undavottila. Bundan judayam jaxlim chiqayapti. Man qanaqa yo‘l tutishim kerak? Man gapirayotgan yolg‘onlarimni xukmi qanaqa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Hukmi yolg‘on. Siz qaynonangizga “Siz jandal chiqmasin deb shunday deysiz, lekin shuni o‘zingiz ayting” deb ayting. Yolg‘on har qancha qochmasin, rost bir kun unga etib oladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:44 | Savol-javoblar | 135 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar