Islom dinini qabul qilsa

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, ilmingizni Alloh ziyoda qilsin. Meni bir do‘stim bor u xristian diniga e’tiqod qiladi. Men unga Islom dinini qabul qilishi keraklini aytmoqchi bo‘lib yuribman. Aytingchi agar u Islom dinini qabul qilsa qanday ajr mukofotlar bor? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta uni Islomga chaqiring. Faqat uni da’vat qilishda juda ham hikmatni va go‘zal islomiy uslubni qo‘llang, toki u dindan sovib ketmasin. Islomning hammasi go‘zal, faqat biz uni engil va osonligini ko‘rsatib bera olmaganimizdan boshqalar undan bebahra qoladi. Hadisda: عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَسِّرُوا وَلَا تُعَسِّرُوا، وَبَشِّرُوا وَلَا تُنَفِّرُوا Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar, xushxabar beringlar, bezdirmanglar», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Yana shuni ham unutmangki, siz sababli bir inson hidoyat topsa, bu juda katta ajrga ega bo‘lishingizga omil bo‘ladi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan uzun hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam “...Allohga qasamki, sen tufayli Alloh bir kishini hidoyat qilishi sen uchun qizil tuyalaring bo‘lganidan yaxshidir” deganlar. عَنِ ابْنِ شَمَاسَةَ الْمَهْرِيِّ، قَالَ: حَضَرْنَا عَمْرَو بْنَ الْعَاصِ، وَهُوَ فِي سِيَاقَةِ الْمَوْتِ، {فَبَكَى} طَوِيلًا، وَحَوَّلَ وَجْهَهُ إِلَى الْجِدَارِ، فَجَعَلَ ابْنُهُ يَقُولُ: يَا أَبَتَاهُ أَمَا بَشَّرَكَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِكَذَا؟ أَمَا بَشَّرَكَ رَسُولُ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِكَذَا؟ قَالَ: فَأَقْبَلَ بِوَجْهِهِ، فَقَالَ: إِنَّ أَفْضَلَ مَا نُعِدُّ شَهَادَةُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَأَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللهِ، إِنِّي قَدْ كُنْتُ عَلَى أَطْبَاقٍ ثَلَاثٍ، لَقَدْ رَأَيْتُنِي وَمَا أَحَدٌ أَشَدَّ بُغْضًا لِرَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مِنِّي، وَلَا أَحَبَّ إِلَيَّ أَنْ أَكُونَ قَدِ اسْتَمْكَنْتُ مِنْهُ فَقَتَلْتُهُ، فَلَوْ مُتُّ عَلَى تِلْكَ الْحَالِ لَكُنْتُ مِنْ أَهْلِ النَّارِ، فَلَمَّا جَعَلَ اللهُ الْإِسْلَامَ فِي قَلْبِي أَتَيْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقُلْتُ: ابْسُطْ يَمِينَكَ فَلْأُبَايِعْكَ، فَبَسَطَ يَمِينَهُ، قَالَ: فَقَبَضْتُ يَدِي، قَالَ: «مَا لَكَ يَا عَمْرُو؟» قَالَ: قُلْتُ: أَرَدْتُ أَنْ أَشْتَرِطَ، قَالَ: «تَشْتَرِطُ بِمَاذَا؟» قُلْتُ: أَنْ يُغْفَرَ لِي، قَالَ: «أَمَا عَلِمْتَ أَنَّ الْإِسْلَامَ يَهْدِمُ مَا كَانَ قَبْلَهُ؟ وَأَنَّ الْهِجْرَةَ تَهْدِمُ مَا كَانَ قَبْلَهَا؟ وَأَنَّ الْحَجَّ يَهْدِمُ مَا كَانَ قَبْلَهُ؟» وَمَا كَانَ أَحَدٌ أَحَبَّ إِلَيَّ مِنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَلَا أَجَلَّ فِي عَيْنِي مِنْهُ، وَمَا كُنْتُ أُطِيقُ أَنْ أَمْلَأَ عَيْنَيَّ مِنْهُ إِجْلَالًا لَهُ، وَلَوْ سُئِلْتُ أَنْ أَصِفَهُ مَا أَطَقْتُ، لِأَنِّي لَمْ أَكُنْ أَمْلَأُ عَيْنَيَّ مِنْهُ، وَلَوْ مُتُّ عَلَى تِلْكَ الْحَالِ لَرَجَوْتُ أَنْ أَكُونَ مِنْ أَهْلِ الْجَنَّةِ، ثُمَّ وَلِينَا أَشْيَاءَ مَا أَدْرِي مَا حَالِي فِيهَا، فَإِذَا أَنَا مُتُّ، فَلَا تَصْحَبْنِي نَائِحَةٌ وَلَا نَارٌ، فَإِذَا دَفَنْتُمُونِي فَشُنُّوا عَلَيَّ التُّرَابَ شَنًّا، ثُمَّ أَقِيمُوا حَوْلَ قَبْرِي قَدْرَ مَا تُنْحَرُ جَزُورٌ، وَيُقْسَمُ لَحْمُهَا، حَتَّى أَسْتَأْنِسَ بِكُمْ، وَأَنْظُرَ مَاذَا أُرَاجِعُ بِهِ رُسُلَ رَبِّي Ibn Shamosa Mahriydan rivoyat qilinadi: «O‘lim to‘shagida yotgan Amr ibn Osning oldiga kirdik. U uzoq yig‘ladi, so‘ng yuzini devorga burib oldi. Shunda o‘g‘li: «Otajon, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sizga bunday bashorat bermaganlarmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sizga bunday bashorat bermaganlarmi?» deya boshladi. U unga yuzlanib, shunday dedi: «(Oxiratga) tayyorlaydigan narsalarimizning eng afzali «Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad Allohning Rasulidir», deb guvohlik berishdir. Hayotimda uchta bosqich bo‘ldi: Esimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni mendan ko‘ra qattiqroq yomon ko‘radigan odam yo‘q edi, imkon topib, u zotni o‘ldirsam, derdim. O‘sha holatda o‘lganimda do‘zax ahlidan bo‘lardim. Alloh qalbimga Islomni solgach, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bordim. «Qo‘lingizni uzating, sizga bay’at beray», dedim. U zot qo‘llarini uzatgan edilar, men qo‘limni tortib oldim. «Senga nima bo‘ldi, ey Amr?» dedilar. «Shart qo‘ymoqchiman», dedim. «Nimani shart qo‘yasan?» dedilar. «Mag‘firat qilinishimni», dedim. «Bilmasmiding, Islom o‘zidan oldingi narsalarni yo‘q qilib yuboradi, hijrat o‘zidan oldingi narsalarni yo‘q qilib yuboradi, haj o‘zidan oldingi narsalarni yo‘q qilib yuboradi», dedilar. Shundan so‘ng men uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan suyukliroq inson qolmadi. Nazarimda u zotdan ulug‘roq inson yo‘q edi. U zotga hurmatim balandligidan tik qaray olmasdim. Agar mendan u zotni vasf qilib berishni so‘rashsa, eplay olmasdim, chunki u zotga tik qaramagan edim. Agar o‘sha holatda o‘lganimda, umid qilamanki, jannat ahlidan bo‘lardim. So‘ngra shunday ishlarning boshida bo‘ldikki, ular xususida holim ne kechishini bilmayman. Men o‘lsam, orqamdan hech kim yig‘lamasin ham, olov ham yoqmasin. Meni dafn qilgach, ustimga yaxshilab tuproq torting. So‘ngra bir tuyani so‘yib, go‘shtini taqsimlaguncha muddat qabrim atrofida turing, toki taftingizni sezib turay, Robbimning elchilariga nima deb javob berishimni o‘ylab olay». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Muslim). Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 21:56 | Savol-javoblar | 140 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar