Telefon o‘yiniga mukkasidan ketish

Assalomu alaykum! Uzstozlar, sizlarga xozirgi kunning illati xaqida savol bermoqchiman. Xozir qaerga qaramang yosh bolalar xam o‘rta yoshlilar xam Pabji degan telefon o‘yinining balosiga mubtalo bo‘lishgan. Xatto ibodatli, xavas qiladigan ukalarimiz xam ertayu kech shu o‘yinni o‘ynash bilan ovora. Saxargacham ibodat qilishga odamni uyqusi g‘olib keladiyu, lekin bu o‘yinni erta saxargacham o‘ynashadi. Ustozlar, yoshlarni umri zoe ketmasligi uchun nasixat qilishingizni iltimos qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu umrni behudaga sarflash bo‘ladi. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ : النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ : عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar.
Sunani Dorimiy.  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:20 | Savol-javoblar | 139 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar