axli xadis xaqida
"fiqhi kaydoniy"kitobida haromlar bayonida #10da ahli hadis kabi ishora sabbohani qilmoq deganida "axli hadis"kimlar va ular qanday ishora qilishadi tushunmadim iltimos tushuntirib bering xozirda nomozxonlar ichida attaxiyotdan salomgacha qo‘lini musht ko‘rsatichni uzatib turib qilib turadiganlar ko‘payib bormoqdalar savol so‘rasangiz xadisda shunday deyilgan deydi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ahli hadis – hadisga amal qiluvchilar. “Fiqhi kaydoniy” kitobida bunga o‘xshash xatolar borligi uchun qadimgi ulamolar ham uni o‘qishda ehtiyot bo‘lishga chaqirganlar. Bu amal sahih hadislarda kelgan. Bunday narsani harom deyish durust emas. To‘g‘ri mazkur kitobdan boshqa ba’zi kitoblarda o‘sha ishorani qilishga ko‘rsatma berilmagan. Ammo bu uni harom ish deyishga olib bormaydi. Biz bu masalani ulamolar kengashida yigirma yilcha oldin ko‘rganmiz. Ustozi o‘rgatganlar mazkur ishorani qilsin, o‘rgatmaganlar qilmasin, ammo ixtilofga o‘tilmasin, degan qaror chiqqan.
6 May 2022, 06:45 | Savol-javoblar | 156 | Namoz