Beverli klab

Assalomu alaykum ustozlar! Xozirgi kunda BeverLee-slub istemolchilar tizimi keng tarqalmoqda. Tarmoqli marketingda 10ta yolg‘on maqolaning oxirida ushbu gaplar keltirilgan: "Men qaerdadir adolatli va halol ishlaydigan tarmoq marketingi kompaniyasi bordir, deb umid qilaman, lekin hali bunaqasini uchratmadim… Ko‘rganlarimning hammasi quruq ko‘zbo‘yamachilik bo‘ldi, xolos. Uchratib qolsam, faqat xursand bo‘laman." Bundan kelib chiqsak xalol tarmoqli marketing bormi? Yana ko‘p savollarning javobida shuni o‘qidimki, u biznes bilan tanishib chiqishimiz kerak deyishgan ekan. O‘sha tepadagi 10ta yolg‘on maqolasidagi gaplar Beverli klab kompaniyasiga to‘g‘ri kelmayopti. Masalan ulardan bittasi: Piramida deyilgan ya’ni manabu manodagi gap bor. Quyidagi odam o‘zidan tepada tushgandan ko‘p daromad qila olmaydi. Lekin bu kompaniyada shunday ekanki quyidagi odam agar tepadagi ishlamasa xarakat qilmasa undan ko‘proq daromad ko‘radi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgilari ichida joiz bo‘lgani borligini bilmaymiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:20 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar