Sadaqa

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, mani sadaqa haqida savolim bor edi. Uyimizdagi hayvonlar va parrandalarga em yoki don berayotganimizda sadaqani niyat qilib bersak sadaqa qilganni hisobiga o‘tadimi yoki zimmamizdagi vazifa bo‘lgani uchun bu sadaqa bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta sadaqa hisobida o‘tadi. Har bir musulmon namoz va ro‘zaga alohida alohida niyat qilganidek, qiladigan har bir ishiga bir bor to‘xtab niyat qilib olsa, u odatlikdan savob amaliga aylanadi. O‘tgan barcha ustozlarimiz inson kunlik hayotidagi har bir ishini niyatini o‘rganishi kerak. hatto farzandini erkalashda ham farzandni qo‘lga olishdan oldin bir to‘xtab Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday qilar edilar deb niyat qilsa, sunnatga amal qilganning savobini oladi. عَنْ سَعْدِ بْنِ أَبِي وَقَّاصٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّهُ أَخْبَرَهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّكَ لَنْ تُنْفِقَ نَفَقَةً تَبْتَغِي بِهَا وَجْهَ اللهِ إِلَّا أُجِرْتَ عَلَيْهَا، حَتَّى مَا تَجْعَلُ فِي فِي امْرَأَتِكَ Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning vajhini (roziligini) istab nafaqa qilsang, unga albatta ajr olasan, hatto ayolingning og‘ziga solib qo‘ygan narsang uchun ham», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 17:29 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar