Do‘stimga bergan qarzim

Assalomu alaykum! Bir do‘stim qo‘shiq aytadi to‘ylarda xizmat qiladi. Men o‘tgan yili do‘stimga 2.200.000 so‘m qarz bergandim. Do‘stim uni 25 dekabrgacha to‘liq qilib qaytaraman degan edi. To‘liq qilib qaytargunimcha har bir to‘yimdan 50 ming so‘mdan beraman bu pul qarz xisobiga kirmaydi, 2.200.000 oldimmi o‘shancha qilib beraman dedi. Men undan 50 mingdan berasan deb so‘ramaganman o‘zi taklif qilgan. Mana oradan 1 yil o‘tdiki hali ham to‘liq qilib qaytargani yo‘q. Uning aytishicha to‘yda bergan 50 ming so‘m harom sudxo‘rlikka kiradi uni qarzdan chiqarib tashlaymiz dedi. Xolbuki men unga bu gapni qarz berayotgan paytim aytganman. U menga “men rozi bo‘lib beryapman harom bo‘lmaydi” degan. Bu vaziyatta qanday yo‘l tutish kerak? Axir u boshida o‘zi rozi bo‘lib bergan shunday kelishganmiz men undan so‘rab olmaganman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uning ishi shariatga zid ekan. O‘sha ishidan topgani ham sizga pok bo‘lmaydi. Berganingiz miqdoricha qaytarib olishingiz mumkin uni ham halol yo‘l bilan topgin deb ayting. Ortig‘i joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:24 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar