Harom rizq ham taqdirga yozilgan bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Bizning dinimizda yani Islom dinida har bir odam uchun taqdirida rizq yozilar ekan. Shu rizqni eb bitirmagunicha xech bir odam o‘lmas ekan. Qachonki o‘sha rizqni eb bitirsa, keyin o‘lishi aniq deyilgan ekan. Lekin dinimizda juda ko‘p odamlar xarom narsalarni istemol qilishadi-ku. Aytingchi bunaqa xarom rizqlarni istemol qilish xam u odamlarning taqdiriga yozilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom ham rizq. Banda halolini qo‘yib haromini tanlagani uchun gunoh bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:25 | Savol-javoblar | 170 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar