Harom esa
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, haromdan (o‘g‘rilikdan) kelgan pul bilan taomlansa namoz qabul bo‘lmaydimi? Agar shunday bo‘lsa o‘qilgan namozlar nima bo‘ladi? Qaytadan o‘qish kerakmi?
2- bu puldan ozmi ko‘pmi go‘dak ham taomlansa, bunday farzanddan hech qanday yaxshilik kutib bo‘lmaydimi? Bundan buyog‘iga halolidan taomlansa solih farzand bo‘lishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haromdan luqma eyishning oqibati yomon ekanligi haqida ko‘plab hadislar zikr qilingan. Ba’zilarida “bunday badan do‘zaxga loyiq”, “uning duosi qabul bo‘lmaydi”, “Alloh taolo uni do‘zaxning qaysi joyiga tushirganiga ham parvo qilmaydi” va boshqalar zikr qilngan. Ibodat zimmadan soqit bo‘ladi, qayta o‘qishga hojat yo‘q. Hadislarga asosan savobidan bebaxra bo‘ladi. Bu yog‘i sizlarning taqvo va parhezkorligingizga bog‘liq. وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: مَا مِنْ مَوْلُودٍ إِلَّا يُولَدُ عَلَى الْفِطْرَةِ فَأَبَوَاهُ يُهَوِّدَانِهِ أَوْ يُنَصِّرَانِهِ أَوْ يُمَجِّسَانِهِ كَمَا تُنْتَجُ الْبَهِيمَةُ بَهِيمَةً جَمْعَاءَ هَلْ تُحِسُّونَ فِيهَا مِنْ جَدْعَاءَ. ثُمَّ يَقُولُ أَبُو هُرَيْرَةَ: وَاقْرَءُوا إِنْ شِئْتُمْ ﮋ فَطَرَ النَّاسَ عَلَيْهَا لَا تَبْدِيلَ لِخَلْقِ اللَّهِ ذَلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ ﮊ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Har bir tug‘ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) ila tug‘iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi. Bu xuddi hayvonning bus-butun hayvon tug‘ishiga o‘xshaydi. Siz unda quloq-burni kesilganini his qilganmisiz?» dedilar. So‘ngra Abu Hurayra «Agar xohlasangiz: «(Bu) Alloh odamlarni yaratgan asl fitratdir. Allohning yaratganini o‘zgartirib bo‘lmas. Ushbu to‘g‘ri dindir», degan oyatni o‘qing», der edi». To‘rtovlari rivoyat qilishgan. Sharh: Bu hadis ham Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinmoqda. Ushbu hadisda Alloh taolo insonlarni yaratish paytida sof tabiat bilan yaratsa ham, keyinchalik insonlar, xususan, ota-ona tarbiyasi sababli bu soflikka futur etishi, uning buzulishi haqida so‘z ketmoqda. «Fitrat» degani sof tabiat, diynni to‘g‘ri qabul qilishga bo‘lgan iste’dod, deganidir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dunyoda tug‘iladigan har bir bola sof tabiat bilan, Alloh taoloning diynini qabul qilish iste’dodi bilan tug‘ilishi haqida xabar bermoqdalar. Demak, Alloh taolo hech kimni avvaldan sen yahudiy bo‘lasan, sen nasroniy bo‘lasan, sen majusiy bo‘lasan, deb majbur qilmaydi. Odamlarning turli diynga mansub bo‘lishiga sabab bor: «Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi». Ya’ni, ota-onalar bolalarini o‘z diynlarida tarbiyalashlari oqibatida bolalarning sof tabiati buzilib, yahudiy, nasroniy va majusiy bo‘lib qoladilar. Bu o‘rinda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ushbu ma’noni to‘liqroq tushuntirish maqsadida sahobai kiromlarga hissiy bir misol keltirmoqdalar. «Bu xuddi hayvonning bus-butun hayvon tug‘ishiga o‘xshaydi. Siz unda quloq-burni kesilganini his qilganmisiz?» dedilar. Ya’ni har bir hayvonning bolasi onasidan bus-butun tug‘iladi. Birortasininig qulog‘i yoki burni kesilmagan bo‘ladi. Ammo egalari belgi qo‘yish maqsadida va yana boshqa niyatda ularning quloqlarini, burunlarini kesadilar va hokazo. Shunga o‘xshab, inson ham onadan sof tabiat bilan tug‘iladi, yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo‘lib tug‘ilmaydi. Ota-onasining tarbiyasi tufayli yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo‘ladi. Hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhuning ushbu hadisni rivoyat qilgandan so‘ng, «Agar xohlasangiz, «(Bu) Alloh odamlarni yaratgan asl fitratdir. Allohning yaratganini o‘zgartirib bo‘lmas. Ushbu to‘g‘ri dindir», degan oyatni o‘qing», degan oyatni o‘qing», deb qo‘yadigan odatlari bor edi. Ya’ni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida kelgan ma’noni Qur’oni Karim ham tasdiqlashini bildirib qo‘ymoqchi bo‘lar edilar. Alloh taolo «Rum» surasida quyidagilarni aytadi: «Bas, sen haqqa moyil bo‘lib, diynga yuz tut. (Bu) Alloh odamlarni yaratgan asl fitratdir. Allohning yaratganini o‘zgartirib bo‘lmas. Ushbu to‘g‘ri diyndir. Lekin odamlarning ko‘plari bilmaslar» (30-oyat). Biz o‘zbek tiliga «haqqa moyil bo‘lib» deb o‘girgan ibora oyati karimada birgina «haniyfan» so‘zi bilan ifoda etilgan. «Hanif» so‘zi arab tilida yomonlikdan yaxshilikka, botildan haqqa yuzlanish, moyil bo‘lish ma’nosida ishlatiladi. Shuning uchun bu oyatning mazmunini «Barcha yomonliklardan yuz o‘girib, haq diynga yuz tut» deb tushunish kerak bo‘ladi. Ya’ni «boshqa hamma diynlaru e’tiqodlarni qo‘yib, Islomga ixlos ila yuzlan». Mushrik, kofir va boshqalar havoyi nafsga ergashib, o‘zlarinikini ma’qullayveradi, ularning barini e’tiborsiz qoldirib, haq diynga yuzlan, degan ma’no kelib chiqadi. «(Bu) Alloh odamlarni yaratgan asl fitratdir». Ya’ni insonlarning asl tabiati turli-tuman diynlarga emas, Islomga yuzlanishdir. Alloh ularni ana shu asl tabiat ila yaratgan. Alloh odamlarning asl tabiatlariga Islomni, yagona Allohga iymon keltirishni joylagan. Allohga shirk keltirish esa insonning asl tabiatiga zid bo‘lib, ilmsizlik va havoyi nafsga ergashish oqibatida paydo bo‘ladi. Bu diyn asl tabiatidan uzoqlashgan odamlarni asl tabiatiga qaytaradi. «Allohning yaratganini o‘zgartirib bo‘lmas». Ya’ni asl tabiatni o‘zgartirishga urinish o‘rinsiz chiranish bo‘ladi. «Ushbu to‘g‘ri dindir». Islom eng to‘g‘ri diyndir. Undan boshqa diynga e’tiqod etgan kishi noto‘g‘ri yo‘lda yurgan bo‘ladi. «Lekin odamlarning ko‘pi bilmaslar». Shuning uchun ham ilmsiz ravishda havoyi nafs¬lariga ergashib, turli diynlarga kiradilar. Ushbu oyatdagi xitob Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qaratilgan bo‘lsa ham, barcha mo‘minlar ko‘zda tutilgan. Shu sababli ke¬yingi oyatda xitob umumlashadi. Ushbu hadisdan quyidagicha foydalar olamiz: 1. Tug‘iladigan har bir bola sof tabiat bilan tug‘ilishi. 2. Ota-onaning tarbiyasi bolaning diyniga asos bo‘lishi. 3. Alloh taolo bandani hech qaysi diynda bo‘lishiga majbur qilmasligi. 4. Ma’naviy narsalarni tushuntirish uchun hissiy misollar keltirish foydali ekanligi. 5. Hadislar ma’nosini ta’kidlash uchun Qur’on oyatlarini dalil qilib keltirish ahamiyatli ekanligi. Ushbu hadisda katta hikmat mavjudligini ko‘ramiz. Avvalo, o‘z qilmishiga qazoi qadarni ro‘kach qilish noto‘g‘ri ekanligini tushunib olamiz. Chunki Alloh taolo hammani sof tabiat bilan yaratadi. Ba’zilarni sof tabiatli, ba’zilarni buzuq tabiatli qilib yaratmaydi. O‘sha sof tabiatni saqlab qolishda yoki uni buzib yuborishda insonning ham o‘rni bor. Bu ishda ota-onaning tutadigan o‘rni juda kattadir. Bolaning diynining shakllanishida ota-ona o‘z tarbiyasi bilan muhim o‘rin tutadi. Ota-onaga Alloh tomonidan berilgan ne’matlar ichida eng ulug‘laridan biri farzanddir. O‘sha ne’matning qadriga etish esa uni beruvchi Zot yaratgan sof tabiat ila Allohning diynida yuradigan qilib tarbiyalashdir. Bu ota-onaning burchidir. Har bir musulmon ota-ona shu mas’uliyatni to‘liq tushunishi, ushbu hadisda aytilgan tarbiyaning ahamiyatiga katta e’tibor berishi kerak.("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:15 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom