Oshgan narxni qarzga ko‘shsa

Assalomu alaykum! Men bir dillerlik firmasida ishchiman. Vazifam mijozlar bilan ishlash. Yaqinda mollarni narhi oshadi. Xo‘jayinimiz menga mol necha foiz qimmatlasa, ertasiga shuni qimmatlagan foizini qarzdorlarga qo‘shib qo‘y dedi. Men hammasiga telefonda qimmatlashidan oldin to‘lab qoling, bo‘lmasa ustiga ko‘shilishini mijozlarga etkazsam ham, ular to‘lamasa, foiz ko‘shganim uchun riboga aralashgan bo‘lamanmi? Aslida omborda turgan mollar eski narhdan olingan, diller bo‘ganimizdan keyin zavod kompyuterni yangi narxga to‘g‘irlab beradi keyin yangidan sotilgan hisobiga shundan xam ancha foyda qoladi. Lekin baribr qarz ustiga qo‘shtirmoqchi. Men bu vazifani bajarishni istamayabman. Bunday ishni oldinlari ham qilardim. Keyinchalik shariatdan sekin-sekin xabardor bo‘lib borishim sababli ko‘p narsalardan qaytganman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzni qo‘shtirishingiz aniq sudxo‘rlik bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 08:47 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar