Duo so‘rash mumkin emasmi

Assalomu alaykum! Ishxonamda bir ayol aytdi men ham doim namozlarimda Allohdan duo qilib farzand so‘rayman siz ham duolarizdan men duo qiling dedi. Kelini turmushiga 3 yil bo‘ldi hali farzandi yo‘q. Shunda ho‘p siz uchun Allohdan duo qilaman desam, boshqa bir ayol telefonimga bir domlani maruzasi keldi. Domla etvottikiy kimga nima kerak bo‘lsa boshqaladan duo so‘ramasdan o‘zi duo qilib so‘rasin dedi. Kimga nima kerak bo‘lsa hamma faqat o‘zi uchun o‘zi duo qilishi kerak ekan. Bandasidan kutishi kerak emas dedi. Shu to‘g‘rimi? Man boshqalani duo qilishim mumkin emasmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshqalardan duo olish ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan. Solih inson, xususan ota-onalarning farzandi haqqida qilgan duolari ijobatga yaqin bo‘ladi. Hazrati Umar roziyallohu anhu umraga ketayotganlarida duo so‘raganlar. عَنْ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: اسْتَأْذَنْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْعُمْرَةِ فَأَذِنَ لِي وَقَالَ: لَا تَنْسَنَا يَا أُخَيَّ مِنْ دُعَائِكَ، فَقَالَ عُمَرُ: كَلِمَةٌ مَا يَسُرُّنِي أَنَّ لِي بِهَا الدُّنْيَا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَلَفْظُهُ: اسْتَأْذَنْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْعُمْرَةِ فَقَالَ: أَيْ أُخَيَّ، أَشْرِكْنَا فِي دُعَائِكَ وَلَا تَنْسَنَا. وَاللهُ أَعْلَمُ  Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan umraga izn so‘radim. Bas, menga izn berdilar va:
«Ey birodarginam, bizni ham duoingda unutma», dedilar.
Umar:
«Bu kalima o‘rniga butun dunyo menga berilganda ham meni masrur qilmas edi», dedi».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Termiziyning lafzida:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan umraga izn so‘radim. Bas, u zot: «Ey birodarginam, duoingda bizni ham sherik qil, bizni unutma», dedilar».
Alloh bilguvchiroqdir. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:31 | Savol-javoblar | 178 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar