Umidsizlanish
Assalomu alaykum! Men namoz o‘qishni boshlaganimga sal kam 1 yil bo‘ldi. Shu paytgacham namozlarimni ixlos ila faqat Allohning rizoligini istab o‘qidim. Ammo o‘quvsizligim pand berib namozda juda ko‘plab xatolar bilan xattoki nopok xolda ham o‘qigan bo‘lishim mumkin. Lekin atayin qilmadim, xatoligini bilsam darhol to‘g‘irlab o‘qishni davom ettirdim. Hozir chunib etayapman juda ko‘p namozlarimni qabul bo‘lmaydigan xolatda o‘qigan ekanman. Hozir esa ichi ichimni eb o‘qigan namozlarim qabul bo‘lmagan ularni yana boshidan o‘qishga majburman deb qo‘rqayapman. 1 oydan beri qazo namozlarimni ham o‘qishni boshladim Allohga shukur. Lekin bilishimcha ular ham qabul bo‘lmagan. Oldinlari nafsim qurboniga aylanib ko‘p marta g‘usl qilishga majbur bo‘lganman. Yomoni shundaki junublikdan so‘ng g‘usl olib bo‘lganimdan so‘ng maniyning qolgani chiqqandek bo‘lardi. Islom.uz portalida o‘qishimcha bunday holatda g‘usl vojib bo‘lmaydi faqat taxorat olsa bo‘lgani deb o‘qigandim. Yoki xato chunganmanmi shu holatda taxorat olib namoz o‘qiyverardim. Undan tashqari shayton vasvasasiga uchrab oldinlari o‘zimni soxibi uzr deb hisoblardim. Hozir esa oddiy insonlar kabi taxorat buzilguncha o‘qiyman. Endi yana vasvasaga uchrayapman. Xuddiki el keladiyu uni qaytarishga harakat qilaman ammo baribir chiqqandek tuyiladi. Lekin hidi va ovozi chiqmaydi. Bu ham namozlarim qabul bo‘lmayapti degan fikrga olib keladi. Ayniqsa bomdod namozida va xufton namozida shunday bo‘ladi. Aynan shu namozlarni jamoat bilan o‘qiyman. Uyda o‘qisam unchalik vasvasa bosmaydi. Gaplarim tarbiyasizlarcha bo‘lgan bo‘lsa uzur so‘rayman. So‘ragani aybi yo‘q deyishadi. Sizlardan iltimos menga maslahat bering nima qilay? Har kuni shu hayollar meni havotrga soladi. Shuncha o‘qigan namozlarim qabul bo‘lmaganmi? Qabul bo‘lgan bo‘lmaganini qanday bilsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Havotirlanmang. Bundan buyog‘ini to‘g‘rilab o‘qishga harakat qiling. Oldin qazo qilgan namozlaringiz bo‘lsa qazolarini o‘qing. Hoji Imdodulloh Makkiy rahmatullohi alayhga bir kishi siz kabi savol berganida “Alloh taolo keyingi namozni o‘qishga tavfiq berganligi avvalgi namozni qabul bo‘ganini alomatidir” deganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:34 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Havotirlanmang. Bundan buyog‘ini to‘g‘rilab o‘qishga harakat qiling. Oldin qazo qilgan namozlaringiz bo‘lsa qazolarini o‘qing. Hoji Imdodulloh Makkiy rahmatullohi alayhga bir kishi siz kabi savol berganida “Alloh taolo keyingi namozni o‘qishga tavfiq berganligi avvalgi namozni qabul bo‘ganini alomatidir” deganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:34 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar