Bolaga jin tegishi

Assalomu alaykum! Qizim xozir 12 yoshda. 8-9 yosh paytlarida xojatga kirganda bo‘lgan bu ish "Kimdir mani qattiq bo‘g‘gan tomog‘imdan nafas olmay qolganman Xudoni jinni deb etasan degan. Qo‘rqqanimdan etvorganman divotti lekin qalbim bilan etmaganman. Keyin Xudodan rosa kechirim so‘radim, tavba qildim, xoziram juda afsusdaman, juda qo‘rqaman Alloh kechirmasligidan" divotti. Yosh bolalar bilan shunaqa xol bo‘lishi mumkinmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shuning uchun ota-onalar bolaga yoshligidan hojatxonaga kirish chiqish duolarini o‘rgatib qo‘yishlari kerak. Hayz ko‘rmagan yoshdagi qizlarga gunoh yozilmaydi, havotir olmang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:33 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar