Tavba qilganga, tavba qilgani uchraydi

Assalomu alaykum! Man bir kursdoshimni anchadan buyon yoqtiraman. Nomahram bilan gaplashish zino hisoblangani uchun gaplashmimiz. U 5 vaqt namoz o‘qiydi va uni taniganimdan boshlab to shu payitgacha nomahramlar bilan gaplashmaydigan, nomahramlar bilan qo‘l berib so‘rashmaydigan gunoh ish qilishdan qo‘rqadigan haqiqiy muslima qizligiga amin bo‘ldim! Manam alhamdulillah 5vaqt namoz o‘qiyman ammo shu 3 yil ichida zino hisoblanishini bilib-bilmay ko‘p qizlar bilan gaplashib yurdim va katta gunohligini va o‘zimga qaytishini bilib tavba qildim zinodan tiyildim Alhamdulillah. Man usha qizga uylanmoqchiman InshaAlloh. har kuni, usha qiz mani taqdirim bo‘lishni Allohdan so‘riman,lekin manga ko‘pchilik-"Baribir Tavba qilganga tavba qilgani uchraydi" deyishyapti. Savolim shuki: 1)man usha qizni taqdirim bo‘lishini Allohdan so‘rashda davom etishim unga uylanishga harakat qilishim joizmi? 2). Agar joiz bo‘lmasa nima qilsam bo‘ladi? Maslahat bering. Savolim noo‘rin bo‘lgan bo‘lsa uzur va javob uchun oldindan rahmat. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Duo qilavering. Istixorani namozi va duosini o‘qing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:36 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar