Tayammum shartlari

Assalomu alaykum! Alloh  sizlardan rozi bulsin. Meni 84 ga kirgan bobom borlar, ular 5 yildan beri prostatit kasalligi bilan xastalanganlar. Juda ko‘p hojatga chiqadilar (siydikni ushlab turolmaydilar). Agar ko‘p tahorat qilsalar shamollab qoladilar deb qo‘rqaman. Savolim ular qanday qilib namozni ado etsalar bo‘ladi? Tayammum qilsalar bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Istinjo qilishda ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Qog‘oz yoki kesak bilan qurinish ham kifoya qiladi. Yuvish shart emas. Agar uch bora yuvish zarar qilsa bir bora yuvishga harakat qilsinlar. Agar bir bora yuvish ham zarar qiladigan bo‘lsa, keyin tayammum qilishi mumkin. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 17:54 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar