Sahobaning rashki

Assalomu alaykum! Sahobalardan Sa’d ibn Uboda rozillohu anhu uylangan kunlari kelin nor tuyada kelar ekan. Shu payt Sa’d: "Xotinim o‘tirgan tuyaga boshqa biror (begona) erkak o‘tirmasin", deb darhol o‘sha tuyani so‘yib tashlar ekan shu saxixmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sa’d roziyallohu anhu o‘ta rashkli bo‘lganlar. وَقَالَ وَرَّادٌ: عَنِ الْمُغِيرَةِ، قَالَ سَعْدُ بْنُ عُبَادَةَ: لَوْ رَأَيْتُ رَجُلًا مَعَ امْرَأَتِي لَضَرَبْتُهُ بِالسَّيْفِ غَيْرَ مُصْفِحٍ، فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَتَعْجَبُونَ مِنْ غَيْرَةِ سَعْدٍ، لَأَنَا أَغْيَرُ مِنْهُ وَاللهُ أَغْيَرُ مِنِّي Varrod Mug‘iyra roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Sa’d ibn Uboda: «Agar ayolim bilan begona erkakni ko‘rib qolgudek bo‘lsam, uni qilich bilan o‘tmas tomonini qilmasdan (ya’ni tig‘i bilan) urar edim», dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sa’dning rashkidan ajablanyapsizlarmi? Men undan ham rashkchiroqman. Alloh esa mendan ham rashkchiroq», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:36 | Savol-javoblar | 182 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar