Yupqa paypoqqa mash tortish

Assalomu alaykum! Quyidagi noto‘g‘ri fatvoni jo‘natishmoqda va ikki imom ruxsat bergan deyishyapti. "Ixtiloflar sabablar echimlar" kitobini o‘qib chiqdim juda ko‘p foydali dalillar yozilgan ekan, lekin ayni shu narsa yo‘q ekan. Bunga qanday raddiya bildiramiz: QARANGKI HANAFIY ULAMOLAR HAM YuPQA PAYPOQQA MASH TORTISh JOIZLIGINI AYTIShGAN EKAN. Ba’zi ulamolar har qanday paypoqqa mash tortish joiz, degan fikrni aytishgan. Bu haqda Navaviy rohimahulloh shunday deydi: "Ashoblarimiz, ya’ni shofeiy mazhabi ulamolari Umar va Alidan (roziyallohu anhumo) yupqa paypoqqa ham mash tortish joiz, degan fikrni rivoyat qilishgan. Bu fikrni imom Abu Yusuf, imom Muhammad, Ishoq va Dovud (Zohiriy)lardan ham rivoyat qilishgan” (“Al-majmu’” 1/500). Shayx Alboniy va shayx Ibn Usaymin rohimahullohlar ham shu fikrni qo‘llab quvvatlashgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu tarjima imomlarimizga qilingan tuxmatdir. Ikki imom Abu Yusuf va Muhammad rohmatullohi alayhimolar(paypoqqa emas) javrobga mash tortish joiz deganlar. Abu Hanifa rohmatullohi alayh ham umrlarining oxirida shunga ruxsat berganlar. O‘sha javrobning shartlarini ham aytishgan. Javobda yupqa paypoq deb xiyonat qilishgan. Chunki, o‘qiganlar yupqa paypoqdan javrobning shartiga tushmaydigan bozorlarimizdagi oddiy paypoqlarni tushunishadi. Ularda esa, o‘sha imomlarimiz shart qilishgan sifatlar topilmaydi. Javrob teridan boshqa(teridan bo‘lganini xuffun deyishadi)narsadan qilinganiga aytiladi. Javrob qalin materiyal, jun, sun’iy machalkalar va kiygiz etik kabilardan qilingan mahsidir.  Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. https://fiqh.uz/maqola/371

25 May 2022, 19:37 | Savol-javoblar | 164 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar