Aql o‘rgatish
Assalomu alaykum! Bir olim omi odamga yo‘l ko‘rsatsa kelajakda o‘zi xam shu axvolga tushishi munkinmi?Yana bir misol aka ukasiga yaxshi inson bo‘l deb ya’ni (loqaydlik) aytsa keyinchalik shu aytgan so‘zi o‘ziga xam qaytishi mumkinmi? Qaytar dunyo deb shuni ayttishmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nasihat qilish boshqa birovni ayblash boshqa. Nasihat qilaman deb ayblab qo‘ymaslk kerak. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ عَيَّرَ أَخَاهُ بِذَنْبٍ لَمْ يَمُتْ حَتَّى يَعْمَلَهُ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim birodarini bir gunohda ayblasa, o‘zi o‘sha (ish)ni qilmay turib o‘lmaydi», dedilar».
Sharh: Birovlarning aybini behuda ravishda, g‘iybat tariqasida gapirish o‘z egasining boshiga kulfat keltiradi. Tavba qilib, xatosini yashirib yurgan odamlarni ayblash yaxshi emas. Ammo tavba qilmay, oshkora tarzda gunoh qilib yurganlarni tanqid qilish joiz. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 131 | Ruhiy tarbiya