Jinsiy yaqinlikda niyyat
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar men yaqinda uylandim. Ahli ayolim bilan jinsiy yaqinlikdan oldin niyat qilishni unutib qo‘yibman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kiyimni echishdan oldin Bismillahni aytiladi. Shunda shayton bilan inson avrati orasida parda paydo bo‘ladi. So‘ng ushbu duoni o‘qiydi. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَوْ أَنَّ أَحَدَكُمْ إِذَا أَرَادَ أَنْ يَأْتِيَ أَهْلَهُ قَالَ: بِاسْمِ اللهِ، اللَّهُمَّ جَنِّبْنَا الشَّيْطَانَ وَجَنِّبِ الشَّيْطَانَ مَا رَزَقْتَنَا، فَإِنَّهُ إِنْ يُقَدَّرْ بَيْنَهُمَا وَلَدٌ فِي ذَلِكَ لَمْ يَضُرَّهُ شَيْطَانٌ أَبَدًا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Agar birortangiz o‘z ahliga yaqinlik qilishni iroda etgan paytida «Bismillahi. Allohumma! Jannibnash-shaytona va jannibish-shaytona maa rozaqtana», desa, albatta, agar o‘shandan ularga farzand beriladigan bo‘lsa, unga shayton hech qachon zarar etkaza olmaydi», dedilar».
Beshovlari rivoyat qildilar.
Duoning ma’nosi: «Allohning nomi bilan. Allohim, bizdan shaytonni chetda qilgin, shaytonni bizni rizqlantirgan narsangdan chetda qilgin».
Jufti haloliga jinsiy yaqinlik qilayotgan kishi ushbu duoni o‘qishi lozim. O‘shanda shaytonning sharridan saqlangan bo‘ladi. Mabodo, o‘sha yaqinlikdan oralarida farzand paydo bo‘lsa, u bolaga hech qachon shayton zarar etkaza olmaydi. ("Baxtiyor oila" kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush