Folbin

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar,  dinimizda folbinlar juda qoralangan. Bir 16 yoshli bola folbinning oldiga borib yo‘qolgan narsa haqida so‘rasada, folbinning gapini ko‘chaga chiqib tasdiqlamasa va folbinga borish gunohligini bilmay keyin tushunib etib Allohga tavba qilib 5 vaqt namozini o‘qib ro‘zasini tutib yursa, uning hukmi nima bo‘ladi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo shirkdan boshqa barcha gunohlarni kechiradi. Agar shirkdan ham tavba qilishga ulgurib qolsa, uni ham kechiradi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 23:12 | Savol-javoblar | 195 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar