Qazo namozlarni o‘qish kerakmi yoki tavba qilish?
Assalomu alaykum! Men sharoitimdagi sabablarga ko‘ra faqat bomdod namozini o‘qiyman. Mana 10 kundan beri qizim betob bo‘lib qizimga kecha kunduz qarab 8 kun namozim qazo qolib ketdi. Endi o‘qilmay qolganni qazosini o‘qishim kerakmi yoki tavba qilib Allohni ko‘p zikr qilib ko‘p salovat aytib Allohdan mag‘firat qilishini so‘raymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birovlardan olingan qarzlar kabi Alloh taoloning haqlarini ham uzish kerak. Kichirasizning o‘zi kifoya qilmaydi. Hamma qoldirganlaringizni o‘qib berishingiz shart. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 150 | Namoz