Og‘iz yara yoki qon tomir?

Assalomu alaykum! Og‘zimga stamatit chiqgandi unga xar bir namozga farz sunnatlarga taxorat qilishni aytgandingizlar, shu stamatit 2oy bo‘lgan bo‘lsa kerak (1xafta stamatologga bordim adashmasam) chiqganiga, xozir esa uni ornida qizil qanaqadir yoriq bor shundan qon chiqsa kerak deb xar bir namozga taxorat qilaman,charchab kettim undan boshqa taxoratni sindiradigan sabablarim xam bor, o‘sha yoriq bir yo‘q bo‘lib qoladi yo‘q bo‘lib qoganida namozimni o‘qiyveraman lekin u bo‘lsa yana xar bir namozga tahorat (yoki ketganida kutib turaman) nima qilsam bo‘ladi? Sunnat namozlarini uqimay xam qo‘yadigan bob qoldim, taxoratdan keyin va namozdan keyin yuzimni tekshiradigan bo‘lib qoganman taxorat ketmadimikan deb, iltimos juda charchab kettim, din engil degan gapni eshtganman lekin xozirgi xolatim bilmadim, taxoratim sinmagan xolda namozimni tugashini kutaman (shunda engil tortaman). Nima yo‘l tutay taxorat sabab uyimdagilar bilan urushb qolyapman, nimaga taxorat ko‘p qilasan deyishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vasvasa bilan tahorat ketmaydi. Aniq qon chiqqani malum bo‘lsagina, ketadi. Shuning uchun vasvasaga quloq tutmang. To tahorat aniq ketganini bilmaguningizcha, namoz o‘qiyvering. O‘zingizga yaqin erdagi masjid imomiga murojaat qiling. Sizning vaziyatingizni o‘rganib, qanday yo‘l tutishni o‘rgatadi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 08:56 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar