Musofir kelin-kuyovlar namozi

Assalomu alaykum! Qiz kelin bo‘lib tushayotgan uy Toshkentda bo‘lib lekin hali yashamagan yangi oila uchun yangi olingan bo‘lsa, kelin kuyov esa to‘ydan keyin birdaniga kuyovning ota onasi yashaydigan uzoq viloyatga 15 20 kun xizmatga ketsa va shu muddat o‘tgandan keyin qaytishni rejalashtirayotgan bo‘lsa-shunday holatda kelin va kuyov namozlarini qaerda qay tarzda o‘qiydilar? Kuyov hozirgacha asli uyi viloyatda qizniki asli uyi shaharda edi. To‘ydan keyin qanday holatda bo‘ladi. Namozlarini qay tarzda o‘qiydilar? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kuyovning ota-onasinikida namozlarni to‘liq o‘qishadi. Shunisi ehtiyot tomoni. Toshkendagi uylariga kelgach ham to‘liq o‘qishadi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 12:07 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar