Olgan pulini esdan chiqarib tan olmaslik

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir yigitga ul-bul ishlar uchun pullar beraman va xaftada bir xisobini qilamiz, lekin shu pullardan birini olganligini inkor qilyapti. Nimamish eslolmaganmish, vaxolanki men unga berayotgandagi joy va gaplarni eslatib berdim, lekin u o‘z daftariga yozmaganligini va shuncha pul yo‘qligini aytyapti. U insonga hukm qanday bo‘ladi va men qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariat har bir narsani zohiriga qaraydi. Berganingizga ikki guvoh keltirmasangiz sizning foydangizga hukm qilmaydi. Ammo oxiratda zarrasi ham qoldirmasdan olib berilishida shak yo‘q. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 21:53 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar