Voqelikda qasos qanday amalga oshirilgan?

Assalomu alaykum! Baqara surasida “Ey iymon keltirganlar! Sizga o‘ldirilganlar uchun qasos farz qilindi: hurga hur, qulga qul, ayolga ayol. Kimga o‘z birodaridan bir narsa afv qilinsa, bas, yaxshilik ila so‘ralsin va ado etish ham yaxshilikcha bo‘lsin. Bu Robbilaringizdan engillik va rahmatdir. Undan keyin kim dushmanlik qilsa, unga alamli azob bor. (Bu oyati karimada Alloh taolo qasos olishda adolat bo‘lishini, haddan oshmaslikni uqdirib, «hurga hur, qulga qul, ayolga ayol», deb tushuntirmoqda. Lekin oyati karimaga binoan, odam o‘ldirgan shaxsni qasos uchun, albatta, o‘ldirish shart emas, balki o‘likning egalari kechib yuborsa, o‘ldirmay qo‘yib yuborsa, o‘rniga xun puli olsa ham bo‘ladi. Bunda o‘lik egasi haqini yaxshilik bilan so‘rashi lozim, aybdor taraf ham ularning haqini yaxshilik bilan ado etishi zarur.) [Baqara surasi 178]Iltimos shu oyatni amalda qanday ijro etilganini tushuntirib bersangizlar. Misol uchun bir erkak boshqa bir erkakni qulini o‘ldirib qo‘ygan bo‘lsa "qulga qul" degani uni ham quli o‘ldiriladimi? Aslida voqelikda qanday bo‘lishini yoritib beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz qulni qo‘yib turing, ular hozir qolmagan. Shariatimizda kim birovni zulm qilib o‘ldirsa, evaziga o‘ldirganni o‘ldirish mumkin. Kechsa va xunini olsa ham joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:40 | Savol-javoblar | 169 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar