Ibodatlarning evazi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir xamkasbimizni biz bilan birga namoz o‘qishga chaqirganimizda u kishi xech unamaydi. Biz "Namoz jannat kalitidir" desak, u kishi kim do‘zax axli kim jannat axli xammasi oldindan taqdirimizda yozilgan deb javob beradi va bizlar peshonamizda borini ko‘ramiz deydi. Shu o‘rinda bir xadisni eshitgandim ammo afsuski ko‘p vaqt o‘tgani uchun manbaasi va xadisning oxiri esimdan chiqib qoldi. Xadisda shunday deyiladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam saxobiylarga: Insonlarning jamisi borki ularning ruxlarini bir vaqtning o‘zida Alloh yaral dedi va ular yaraldi keyin uch qismga bo‘ldi Jannatiylar do‘zaxiylar va arosatda qoluvchilarga... Shunda yo Rasululloh agar men do‘zaxiylar ichida yaralgan bo‘lsam xar qancha savob qilsam xam do‘zaxga tushamanmi? Deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Xa” deb javob berdilar. Shunda ular: Unday bo‘lsa bizga nima uchun ibodat va savoblar kerak deganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nima deb javob berganlari yodimda qolmagan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh O‘zi tarafiga intilib xolis ibodat qiluvchilarni do‘zaxga tushirmaydi. Qur’oni karimning bir necha o‘rinlarida buni ochiq-oydin bayon qilgan. Oxirida najot topolmaydiganlar bu dunyoning o‘zidayoq ibodatlarini, ehson sadaqotlarini riyo uchun, niyatini xolis qilmasdan, yolg‘iz qolganda gunohlarga mashg‘ul bo‘lib qilgan ibodatlarini ham minnat qilganlardir. Aks holda Alloh taolo xolis qilingan ibodatni xargiz zoe qilmaydi. Alloh taolo “Kahf” surasida marhamat qiladi: إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ إِنَّا لَا نُضِيعُ أَجْرَ مَنْ أَحْسَنَ عَمَلًا 30. Albatta, Biz iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarning, yaxshi amal qilganlarning ajrini zoe qilmasmiz.
Bu dunyoda iymon keltirib, yaxshi amal qilganlar u dunyoda ajrlarini to‘liq oladilar. أُوْلَئِكَ لَهُمْ جَنَّاتُ عَدْنٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهِمُ الْأَنْهَارُ يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍ وَيَلْبَسُونَ ثِيَابًا خُضْرًا مِّن سُندُسٍ وَإِسْتَبْرَقٍ مُّتَّكِئِينَ فِيهَا عَلَى الْأَرَائِكِ نِعْمَ الثَّوَابُ وَحَسُنَتْ مُرْتَفَقًا 31. Ana o‘shalarga adn jannatlari bordir. Ostlaridan anhorlar oqib turadi. U erda oltindan bo‘lgan bilakuzuklar ila bezanurlar, sundus (yupqa ipak) va istabraq(qalin ipak)dan yashil liboslar kiyarlar. Ular u erda pardali baland so‘rilarda yonboshlagan holdalar. Naqadar yaxshi savob va naqadar yaxshi huzurlanish joyi!
Bu dunyoda iymon keltirib, yaxshi amallarni qilib o‘tgan bandalarning u dunyodagi ajri jannatdir.
«Ana o‘shalarga adn jannatlari bordir».
«Adn» so‘zi «istiqomat» degan ma’noni bildiradi. Shuningdek, bu so‘z jannatga nom ham bo‘lib qolgan. U jannatlardagi daraxtlarning
«Ostlaridan anhorlar oqib turadi».
Kofirlar do‘zaxda bir tomchi suvga zor bo‘lib, yordam so‘rasalar ham, suv berilmasligiga qarama-qarshi holat, ya’ni jannatiylar chanqoq sezmasalar ham, ziynat uchun suv to‘la anhorlarning oqib turishi ajib bir manzarani ifoda etadi. Shuningdek, ularga boshqa xursandchiliklar ham beriladi. Jumladan, ahli jannatlar:
«U erda oltindan bo‘lgan bilakuzuklar ila bezanurlar, sundus (yupqa ipak) va istabraq(qalin ipak)dan yashil liboslar kiyarlar».
Ya’ni bu dunyoda o‘zlarini tiygan zebu ziynatlardan u dunyoda xohlaganlaricha berilishi ham ahli jannatlarga qanchalik ajrlar bo‘lishini ko‘rsatib turibdi.
«Ular u erda pardali baland so‘rilarda yonboshlagan holdalar».
Bu manzara ularning barkamol rohat-farog‘at olishlarini bildiradi. Ahli jannatlarga:
«Naqadar yaxshi savob va naqadar yaxshi huzurlanish joyi!»
Oxiratda mo‘minlar bilan kofirlar orasida shunday ulkan farq bo‘ladi. Mo‘minlar iymonlari va yaxshi amallarining ajri sifatida jannatda rohat-farog‘atga erishsalar, kofirlar kufrlari va isyonlari tufayli do‘zaxga tushib, yuqorida vasf qilinganidek, azob-uqubatga yo‘liqadilar. Ularning bu holga tushishlarining yana bir sababi dunyo zebu ziynatlariga berilishlari, o‘sha zebu ziynatlarni deb, oxiratni unutishlaridir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:29 | Savol-javoblar | 162 | Hadislar