Internet tarmogidagi savol
Assalomu alaykum! Mening savolim shundan iboratki. Internet tarmogdarida keladigan sm s xakida. Ayrim smslarda shu smsni mincha odamga jonatin akis xolda baxtsiz bolasiz deyishadi. Shu togrimi. Javob uchun oldindan raxmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Yolg‘onchi «SMS»larga aldanmang! Yaqinda uyali telefonimga bir SMS keldi, Unda ushbu SMSni Madinai Munavvarada Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ning ravzai mutahharolari qorovuli shayx Ahmad yuborgani va butun dunyoga ushbu SMSni tarqatish kerakligi aytilgan. Kimda kimga ushbu xat etib borsa, uni o‘n kishiga yuborsa, Alloh unga rizqini ko‘paytirib berishi aytilgan. Masalan, «Bombeyda Kamol degan kishi ushbu SMSni o‘n kishiga yuborgan ekan, Alloh unga 25 ming dollar nasib qilibdi. Boshqa kishi unga ahamiyat bermagan edi o‘sha kuni bolasini yo‘qotdi» deyilgan. Xullas, kimga ushbu SMS etib borsa-yu, u tarqatmasa, musibatta duchor bo‘lishi aytilgan. Bu xatga nima deyish kerak va bunday holatda nima tavsiya qilinadi?Bu kabi maktublar haqida ko‘p bor savol berilgan. Qolaversa, bunday muammolar bugunning mahsuli emas, anchadan beri kuzatilib kelinadi. Asossiz bu maktublarni uydirma nomlar bilan atalgan insonlar tarqatishyapti. Aslida kelgan maktubdagi shayx Ahmad ham uydirma ism ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu vazifani shayx Ahmad degan kishi qilmagan. Hatto Madinada bunday xabarni hech kim eshitmagan ham. Lekin boshqa musulmon o‘lkalarida shunday yolg‘on xabar urchib bormoqda.Diniy nuqtai nazardan olib qaraganda ushbu maktubda bayon etilgan xabarning hech qanday qadr-qiymati yo‘q. Ba’zi xabarlarda shayx Ahmad tushida Payg‘ambar (s.a.v)ni ko‘ribdi, Payg‘ambarimiz uni qiyomat yaqin qoldi, deb ogohlantiribdilar yoki shunga o‘xshash ma’nodagi xabarlar tarqatilgan.Aslida qiyomat yaqin qolganini Qur’oni karimda ham hadislarda ham ochiq oydin aytib qo‘yilgan, unga shayx Ahmad yoki boshqa birovning vasiyat qilishiga xojat yo‘q. Dinimiz mukammal shaklda bizgacha etib kelgan. Majhul, kimligi noma’lum shaxslarning vasiyatiga hecham hojatimiz yo‘q. Ko‘rinib turibdiki, bu va bunga o‘xshash maktublar musulmonlar o‘rtasida har xil tushunmovchilikni avj oldirib, tahdid qilmoqda. Agar maktubni tarqatmasangiz, musibat etadi, deb qo‘rqitibdi. Qur’oni karim va hadislarni o‘qigan kishi bu kabi xatni yozib tarqatish lozim, aks holda musibat etadi, degan gapga ishonmaydi, Islomni to‘g‘ri tushungan, aqlli musulmon bunday yolg‘onchi maktublarni tarqatmaydi.Falonchi shunday qilib, shuncha pulga ega bo‘ldi, deyish musulmonlarni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirish va Alloh taolo o‘rnatgan nizomlarga zid harakatdir. Alloh rizq topish uchun sabablarni yaratgan, ularga murojaat qilish lozim. Dangasalikka yoki xurofotlarga buyurmagan. Bunday xurofotlarni tarqatib boyib ketaman, deb ishonish ochiq adashishdir. Musulmonlar bunday xabarlardan ogoh bo‘lishlari va dinlarini to‘g‘ri shaklda o‘rganib, xurofotlardan uzoq bo‘lishlari juda muhim. Vallohu a’lam!Yusuf Qarzoviyning «Fatavo muassiro». 31.01.2009 y.https://old.islom.uz/content/view/995/147/
30 Aprel 2022, 12:22 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar