Qazo ro‘zasi

Assalomu alaykum! Qazo ro‘zasining niyatini qilib, ro‘za tutgan edim. Peshindan keyin boshim juda qattiq og‘riy boshladi, qon bosimimni o‘lchasam oshib ketibdi. Biroz qayt ham qildim. Alloh kechirsin, Allohga tavakkal ro‘zamni ochib og‘riq qoldiruvchi dori ichdim. Men 60 kunlik kafforat ro‘zasini tutamanmi yoki o‘sha kungi qazo ro‘zamni boshqatdan tutib beramanmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir kun qazo ro‘zasini tutasiz. Kafforat shart emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:42 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar