Nomahramlarga qaramaganning ajri

Assalomu alaykum! Meni anchadan buyon bir savol qiynab keladi. Kitob va maqolalar, maruzalardan eshitib keldim. Nomahram qizlarga qarash gunohligini og‘ir musibatligini. Endi nomahram qizlarga qaramaslikni mukofoti qanaqa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iymon halovatini beradi. عن حذيفة ، رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وآله وسلم : النظرة سهم من سهام إبليس مسمومة فمن تركها من خوف الله أثابه جل وعز إيمانا يجد حلاوته في قلبه. هذا حديث صحيح الإسناد ولم يخرجاه  Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : Nazar shaytonning zaharlangan o‘qlaridan bir o‘qdir. Kim Allohdan qo‘rqib uni tark etsa, Alloh taolo uning mukofotiga qalbida halovatini topadigan iymonni ato qiladi». Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar