Taqsit savdo

Assalomu alaykum! Masalan men bir molni (telefonimni) naqda 2,500,000 1 yilga bo‘lib to‘lash sharti bilan 4,000,000 (predoplata olgan holatimda) sotishimni aytdim haridorga. Haridor bo‘lib to‘lash sharti bilan telefonimni harid qildi. Predoplatani oldim va qolgani summani 12 oyga bo‘ldim. Chiqgan summadan har oy haridor menga to‘lov qiladi. Savolim shuki haridor birdaniga 2 oylik to‘lovni bersa men olsam joizmi? Yoki keyingi oy berasiz deyishim kerakmi, shunday deganimda haridor o‘zi hoxlab keyingi oy pul topa olmasligim mumkin shuning uchun hozirda to‘lab qo‘yayapman desa, bunday vaziyatda olishim kerakmi ? Yana savolim, Agar haridor bo‘lib to‘lash sharti bilan telefonni olib ma’lum muddatdan so‘ng telefonni qaytarib olib kelsa, to‘lashga pul topa olmay, lekin boshlangich to‘lov va 1 oylik to‘lovni qilgan bo‘lsa, men telefonni qaytarib olmasam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvaldan olsangiz ham bo‘ladi keyin olsangiz ham. Avvaldan olganingiz uchun o‘tib berishingiz yoki keyin olganingiz uchun qo‘shib olishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 07:24 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar