Safarda tillo uzuk mumkinmi?

Assalomu alaykum! Erkak kishi safarga chiqqanda tillo uzuk va salla taqishi mumkin emish. Agar u musofirchilikda vafot etsa, salladan kafan o‘rnida foydalanishi xamda tilla uzukni sotib puliga dafn xarajatlari uchun foydalanishi mumkin emish. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Yolg‘on. Alloh taolo erkak kishiga tillo taqinchoqlarni harom qilgan. Shu o‘rinda yosh kelin-kuyovlar taqayotgan uzuklari tillodan bo‘lsa, kelinga joiz kuyovga halol emas. Ishni gunohdan boshlamasinlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:47 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar