Ko‘zga dori tomizish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ro‘za tutgan holatda ko‘zga tomchi dori tomizsa ochilmaydimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida bu narsa tibbiyotga oid bo‘lib, hanafiy mazhabi fuqaholari avvalda “quloqqa dori tomizsa ro‘za ochiladi” deb fatvo berishgan edi. Keyinchalik quloq pardasi yirtilmagan bo‘lsa ichkariga ketadigan yo‘l yo‘qligini o‘rganib chiqishib, “quloqqa dori tomizsa ro‘za ochilmaydi” deb fatvo berishdi. Ko‘zga dori tomizishni ham hanafiy mazhabi ulamolari ochilmaydi deyishgan. Ammo tibbiyot ko‘zdan dimoqqa yo‘l borligini isbotlab turibdi, lekin ko‘zga dori tomizsa ro‘za ochilishiga fatvo berganlari yo‘q. Shuning uchun ehtiyotini olib og‘iz ochiqlik vaqtida tomizish ma’qul. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar