Eyish joizmi?

Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan savobli ishlaringizdan rozi bo‘lsin. Bir qarindoshimiz Xindiston safariga ish yuzasidan borib turadilar va u erdan bizga hadya tariqasida shirinliklar olib keladilar (ladu va boshkalar). Shu shirinliklar musulmon uchun halolmi? Ulardan iste’mol qilish joizmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Go‘sht mahsulotlarini Alloh taoloning ismini zikr qilib so‘yilgani, so‘yuvchi musulmon yoki ahli kitob(yahudiy yoki nasoro) bo‘lgani aniq bo‘lmagunicha eyish halol bo‘lmaydi. Mabodo birorta musulmon bo‘lmagan kishi “shariatga muvofiq so‘yilgan” deb aytsa ham gapi qabul qilinmaydi. Chunki shariat qoidasiga binoan boshqa din vakilining diniy ishlaridagi guvohligi o‘tmaydi. Majusiy va butparastlarning so‘yganlari agarchi shariatimizga muvofiq so‘yishsa ham halol bo‘lmaydi. Go‘sht mahsulotlardan boshqalari masalan siz aytgandek shirinliklar aslida halol bo‘lib, unga biror harom narsani aralashtirganligi guvohlar yoki dalil orqali aniq bo‘lmagunicha iste’mol qilish joiz. Xind xalqining musulmon bo‘lmaganlari molni muqaddas sanaydilar va bavl qilayotganida bavlidan idishlarga olib qo‘yishadi. So‘ng har bir tayyorlagan taomining ustiga sepib qo‘yishadi. Bu, ularning e’tiqodiga ta’alluqli masaladir. Birorta musulmon Xindistondan keltirilgan shirinlik borasida esa, biror odam “shu shirinlikka molning bavlidan sepilganligini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim” deb guvohlik bermagunicha uni iste’moli joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:40 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar