Hayzdan poklangan ayolga g‘usl qilmasidan yaqinlik qilish
Hazrat, oilaviy bo‘lgandan so‘ng savollar ham o‘ziga xos tarzda paydo bo‘laverar ekan. Savolim: Ayoli hayz, nifosi tugagandan so‘ng g‘usl qilishga ulgurmay (lekin avratlarni yuvib poklagan xolos) turib unga yaqinlik qilishiga ruxsat bormi? G‘uslga ulgurmasligining sababi turlicha, masalan: vaqt tig‘izligi (eri safarga otlangan yoki namoz vaqti o‘tib ketishi), havoning sovuqligi (qayta-qayta g‘usl kasallikka olib kelishi xavfi) va hokazo.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hayz va nifosning ko‘pidan keyin qoni to‘xtagan ayolga g‘usldan oldin yaqinlik qilish haloldir. Alloh taolo «Baqara» surasida: «Hayz chog‘ida ayollardan chetda bo‘ling. Ularga pok bo‘lmagunlaricha yaqinlashmanglar», degan (
29 Aprel 2022, 08:30 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar

-oyat). Bu oyatdagi pok bo‘lish ikki xil ma’noni: hayz to‘xtashi va hayz to‘xtaganidan keyin g‘usl qilishni anglatadi. Ayol o‘n kun hayzli bo‘lganidan keyin uning eriga yon bosib birinchi ma’no olinadi. Ammo g‘usl qilguncha kutib turish mustahabdir. Ozidan keyin qoni to‘xtaganga emas. Illo, qon to‘xtagandan keyin g‘usl va takbiri tahrima aytish vaqti o‘tsa, mustasno. O‘n kundan oz muddat hayz ko‘rgan ayolning hayzi to‘xtashi bilan unga yaqinlik qilish joiz emas. Balki g‘usl qilgunicha kutib turish lozim. Agar ayol dangasalik qilib darhol yuvinmay, g‘usl, kiyinish va namozga kirish takbirini aytish vaqtini o‘tkazib yuborsa, unga yaqinlik qilish joiz bo‘ladi. Chunki, uning zimmasiga namoz tushishi bilan pok bo‘lgan hukmiga o‘tadi.
29 Aprel 2022, 08:30 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar