Zam suralar tartibi buzilsa
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqinda zam suralarga oid savol javoblarni o‘qib o‘ylanib qoldim. Izlash xizmatidan foydalandim, javoblarga tushunmayapman, namoz o‘qishda suralar ketma ketligida o‘ylanib qolyapman. Zam suralar Qur’oni karimda navbat bilan kelishi tartibida o‘qilishi bilan birga va sura uzunligi tartibida ham o‘qilishi kerak ekan. Zam sura o‘qiganda orada bir sura tashlab (kafirun surasini o‘qib nasr surasini tashlab masad surasini o‘qish kabi) o‘qish mumkin emas ekan. Avvallari men farz namozlarda 1-rak’atda “Tiiyn” surasini 2-rak’atda “Qadr” surasini o‘qir edim. Shu namozlarni qayta o‘qish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozlarni qayta o‘qishga hech qanday hojat yo‘q. Siz aytgan amallar mustahab bo‘lib, tark qilinsa namozni qayta o‘qish shart bo‘lmaydi. Tartiblar Qur’oni karimda kelganidagidek bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 17:29 | Savol-javoblar | 263 | Ibodatlar