Maxsi ichiga nam o‘tsa
Assalomu alaykum! 1. Taxorat olgach (bu safar maxsiga masx tortgandim) paypog‘im nam bo‘lgandek tuyuldi, maxsi butun, faqat biroz shilingan eri borligi uchun ikkilanib echib tekshirsam nam yo‘q. Keyin narigi poyini xam echib faqat ikkala oyog‘imni yuvdim va namoz o‘qidim? Men to‘g‘ri qildimmi? 2. Endi yana shu kabi xol bo‘lsa, lekin suv kirmagan gumoni g‘olib bo‘lsa, xotirjam namoz o‘qiyveraymi? Taxorat xaqidagi fiqx darslarni eshitib, shayton vasvasa bo‘lishini bildim. Endi maxsi bilan xam shunday bo‘lmasin deyman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Maxsiga masx tortgandan so‘ng uni echsa, oyoqni yuvish lozim. 2). Suv o‘tkazmasligdan maqsad, tezda ichiga suv kirib ketmasligi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 21:53 | Savol-javoblar | 153 | Tahorat