Avtobusdagi konduktor tahorati

Assalomu alaykum! Meni ukam Rossiya davlatida avtobusda konduktor bo‘lib ishlaydi. Ertalab saxar 04:00da chiqib ketib kechki payt 23:00dan keyin keladi. Kun bo‘yi yo‘lda bo‘ladi. Ertalabki taxorati peshingacha xam etmaydi. Tahorat olishga sharoit yo‘q. Suv va xavo juda sovuq. Agar sovuq suvda tahorat qilsa kasal bo‘lish ehtimoli juda katta. Shu sabab sizlardan shu xolatda tayammum qilsa bo‘ladimi deb so‘rab berishimni iltimos qildi. Ukam bu holatda qanday yo‘l tutsin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz ukangizni holatini bilmaymiz, lekin Alloh taolo zimmasiga besh vaqt namozni vaqtida tahorat bilan o‘qishni farz qilgan. Bir baklashka suvni avtobusning isitgichining yoniga qo‘yib qo‘ysa isib qoladi. Buni hamma biladi. Mahsi kiyib olsa oyog‘ini yuvish ham shart emas. Musulmonda diniga himmat ham bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:44 | Savol-javoblar | 159 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar