Shayton vasvasa qila oladimi
Assalomu alaykum! Mening o‘g‘lim 6 yoshda va u chapaqay, lekin ovqatini o‘ng qo‘lida eydi. Men unga chap qo‘lda ovqat esang shayton sening ovqatingga sherik bo‘ladi va bu ishing shayton seni yo‘ldan urishiga kuch bo‘ladi deb tushuntirganman. Ba’zida hozir sening shu ishingni chap elkangdagi farishta yozib qo‘ydi deyman. Yaxshi ish qilganida esa o‘ng elkangdagi farishta yozib qo‘ydi deyman. Balog‘at yoshiga etmaganlarning noma-i a’moli hali ochilmagan bo‘ladi deb o‘qib qoldim. Aytingchi, yosh bolalarni balog‘atga etmagunicha shayton vasvasa qila oladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta qiladi. Shayton ularni ahmoq qilib o‘ynaydi. Hozirdan ularni yomon ishlarga odatlanishga buyuradi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:45 | Savol-javoblar | 152 | Bola tarbiyasi