Vakillikning yana bir turi
Assalomu alaykum! Men bir savdogarning tavarlarini rasmini olib xaridorlarga ko‘rsatib zakaz olib etkazib beraman. Tavar beruvchi savdogar tavarni tan narxida beradi savdodan bo‘lgan foydani yarmini olaman. Qilingan rasxodlar mening zimmamda. Shu vakillik turi joizmi. Uzur ilmsizlik qilib savol bergan bo‘lsam.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz sotuvchining vakili bo‘lib, uning molini sotib bering. Ish haqqingizni foydaning yarmi qilib belgilang. Qo‘lingizdagi mol sizning aybingizsiz talafotga uchrasa siz javobgar bo‘lmasligingiz kerak. Misol uchun mol egasi sizga: “Ushbu buyumning tan narxi 100 so‘m, sen uni bundan qimmatroqqa sot. Foydaning yarmi senga, yarmi menga” desin.
Mijozlar ko‘zi bilan qaraganda kim sifatida faoliyat yuritayotganingizga aniqlik kiritib oling. Siz ikki shaxsdan biri, ya’ni, olib-sotuvchi yoki etkazib beruvchi bo‘lishingiz mumkin. Har bir faoliyat turining o‘z shar’iy qoidalari bor.
Olib-sotuvchi o‘zining mulki bo‘lmagan narsani internetga suratini joylab, mijoz chiqsa savdo bitimi tuzishi joiz emas. Chunki o‘zida yo‘q narsani sotish shar’an ta’qiqlangan.
Etkazib beruvchi sifatida internetga sotuvda mavjud bo‘lgan tovarlarning suratini joylab, uning asl narxi va etkazib berish haqqini aytib, bitim tuzsa bo‘ladi. Bu bitim - mijoz nomidan o‘sha buyumni sotib olish va unga etkazib berish uchun tuzilgan ijara shartnomasi hisoblanadi. Bunda o‘sha buyumning asl narxini aytish shart. Uning asl narxini mijozga aytmaslik uchun sotuvchi tarafidan vakil sifatida faoliyat yuritishingiz lozim. Buning uchun sotuvchilar bilan bitim tuzing va ularning xodimi sifatida savdo qiling. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 09:15 | Savol-javoblar | 136 | Moliya va tijorat