Alloh yuz o‘girishi

Assalomu alaykum! "Allohning bandadan yuz o‘girishining alomati, u (banda)ni o‘ziga daxlsiz bo‘lgan ishlar bilan mashg‘ul qilib qo‘yishidir" ma’nosini kengroq tushintirib bering, iltimos. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Har bir narsaning alomati va belgisi bo‘ladi. Banda Alloh undan rozi yoki norozi ekanligini bilishining ham alomati bor. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Alloh bir bandaga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinni to‘g‘ri tushunadigan faqih qilib qo‘yadi” deganlar. Kishi bir namozdan keyin keyingi namozda bardavom bo‘lishi avvalgi namozlarini maqbul bo‘layotganining alomatidir. Alloh bir bandaga uzluksiz yaxshilik qilishni nasib qilsa, Alloh uning bu amalidan rozi ekanligiga dalildir. Xuddi shuningdek, Allohning norozi bo‘lganini ham alomati bo‘ladi. Alloh bir bandasidan norozi bo‘lsa, bandasiga tegishli bo‘lmagan ishlarga mashg‘ul qilib qo‘yadi. O‘zi norozi bo‘ladigan ishlarga odatlantirib qo‘yadi va o‘sha holatda vafot qilib ketadi. Hikmatlarda “Kim 40 yoshga etsayu uning yaxshiliklari yomonliklaridan g‘olib kelmasa badbaxtligining alomatidir” deyilgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:52 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar