Namoz ajri

Assalomu alaykum! Hadislarda kelishicha, erkak kishi namozini masjidda jamoat bilan o‘qisa, yigirma etti barobar ko‘proq ajr olarkan. Shu hadisni eshitib onam ayollarda shunday ajri ko‘proq bo‘lishi uchun qanday holatda namoz o‘qilishi kerak deb so‘radilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ayollar namozgohining eng yaxshisi uylarining ichkarisidir” – deb marhamat qilganlar. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 161 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar