Qurbonlik masalasi

Assalomu alaykum! Ustozlar bu yil ramazonda 2000$ pulim bor edi shu pulni 40 dan 1 ni xisoblab zakot bergan edim. Aslida so‘mda nisobga etmagan ekan. Lekin qurbonlik qilmadim. Menga qurbon xayitigacha yana 500$ pul tushdi shunda jami 2500$ pul bo‘ldi. Savolim menga qurbonlik vojib bo‘lganmidi? Bo‘lgan bo‘lsa men qurbonlik qilmadim qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga Qurbonlik vojib bo‘lgan bo‘lishi kerak. Chunki qurbonlikni nisobida zakotnikidan farqli o‘laroq ishlatilmay turgan mulklardan ham chiqariladi. Siz aniqlashtirib oling, agar sizga vojib bo‘lgan bo‘lsayu, qilmagan bo‘lsangiz, tavba qilib, o‘rtacha bitta qo‘yning qiymatini faqirlarga sadaqa qilishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 157 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar