Ko‘chaga chiqqanda o‘qiladigan duo
Assalomu alaykum! Men turmush o‘rtog‘imni ishga kuzatayotganimda Allohga omonat topshirib, quydagi duoni ortlaridan o‘qib kuzataman "Mashaallohu vala havla vala quvvatan vala haybatan vala azomatan illa billahil aliul azim". Noto‘g‘ri yozgan bo‘lsam Alloh meni kechirsin, mazur tutasiz. Lekin manosini tushunmayman onam-otamni shu duo bilan kuzatar edilar. Yana qanday duolar o‘qisam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyida duo sunnatda kelgani. Buni ham o‘qing.عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَنَّهُ كَانَ يَقُولُ لِلرَّجُلِ إِذَا أَرَادَ سَفَرًا: ادْنُ مِنِّي أُوَدِّعْكَ كَمَا كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُوَدِّعُنَا فَيَقُولُ: أَسْتَوْدِعُ اللهَ دِينَكَ وَأَمَانَتَكَ وَخَوَاتِيمَ عَمَلِكَ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«U kishi safarni iroda qilgan odamga «Menga yaqin kel. Sen bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz ila vidolashganlaridek vidolashib qo‘yay. U zot «Astavdi’ulloha dinaka va amonataka va xavotiyma a’molika», deb aytardilar», der edi».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Sharh: Safarga jo‘nab ketayotgan odam bilan vidolashuv mustahabdir. Ushbu rivoyatdagi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan so‘zlarning ma’nosi «Allohdan diningni, ahli ayolingni, molu mulkingni va ishlaringning oxirini muhofaza qilishini so‘rayman»dir. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:48 | Savol-javoblar | 191 | Duolar