Tayammum qilish

Assalomu alaykum! Ustozlar, agar bir kishini ma’lum bir sababga ko‘ra qamab qo‘yishgan bo‘lsa, xonani devorlari kraska qilingan yoki dekor qilingan yoki gipsa karton qilingan bo‘lsa, erga taxta qoqilgan yoki laminat solingan bo‘lsa taxorat qilishga imkon bo‘lmasa qanday tayammum qilsa joiz bo‘ladi? 2). Katta xojatdan keyin suv topolmasa xam tayammum qilaveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Er jinsidan bo‘lgan birorta narsa topib tayammum qilishi mumkin. Ular qum, tosh, kesak bo‘lishi mumkin. Devordagi chang ham tayammumga yaraydi. 2). Ha. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 02:07 | Savol-javoblar | 197 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar