Unutulgan narsalar

Assalomu alaykum! Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin. Biz savdo sohasida ishlaymiz. Bir kuni bir inson keldi bir oz mast edi uyiga bozorlik qilgan ekan. Bizni yonimizga kelib olgan narsalarini turib turishligini so‘rab qaytib kelmadi. Olingan narsalar ichida aynidigan narsalar ham bor edi. oradan ancha vaqt o‘tti kelmadi bozorlikni ayrimlari aynib qoldi aynimagan narsalarni nima qilsak bo‘ladi? Uyga olib ketib ishlatsak va egasi kelsa mahsulotini hisoblab pulini bersak to‘g‘rimi? Yoki u bu kimga ehson sifatida beriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ixtiyoringiz. Kelganida qiymatini bersangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar