Nafl ro‘za savobi

Assalomu alaykum! Tanishim aytgandi "bomdod namozidan keyin 11 marta salovat aytgan inson uchun jannatdan bir qasr quriladi". Shunday xadis bormi? 2). 1 kun nafl ro‘za tutilsa 70 yil do‘zaxdan ozod bo‘ladi. Shu saxihmi? 3). Agar bir mahal namoz o‘qilmasa 80 ming yil do‘zahda qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bilmadik.
2). Bu hadis sahih. Imom Buxoriyda kelgan.عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: مَنْ صَامَ يَوْمًا فِي سَبِيلِ اللهِ بَعَّدَ اللهُ وَجْهَهُ عَنِ النَّارِ سَبْعِينَ خَرِيفًا Abu Sa’id roziyallohu anhu aytadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Kim Allohning yo‘lida bir kun ro‘za tutsa, Alloh uning yuzini do‘zaxdan etmish kuzlik* uzoq qiladi», deganlarini eshitdim».
* «Etmish kuzlik» degani etmish yillik masofachalik degani. Bu o‘zbek tilidagi «Etmish bahorni qarshi oldi», degan jumlaga o‘xshaydi. (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy")
3). Shunday gap bor. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:49 | Savol-javoblar | 174 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar