Zakot menga farzmi
Assalomu alaykum! Meni pulim nisobga etgan, ammo men yangi uchaskaga ko‘chib chiqqanman. 2 ta uyim bitgan, qolgan 3ta uyim chala va hammom tualet ham qurish kerak. Shularni hisoblab chiqsam mendagi pul etmas ekan. Shu holatda menga zakot berish farzmi? Yana bir savol men o‘zim tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman. Avvalgi yillarda zakot berardim, shu yildan tadbirkorlik ishimga o‘z akamni qo‘shib oldim. Ro‘zg‘orimizam bitta bo‘ldi, akamning uylari bitmagan va yana ancha kamlari bor. Bizdagi pul u kamlariga etmaydi, ammo mendagi kamchiliklarim yo‘q hisobi. Shu holatda zakot farzmi bizga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farz. Nisobga etsa farz bo‘ladi. U kamchiliklarni ahamiyati yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:50 | Savol-javoblar | 158 | Zakot
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farz. Nisobga etsa farz bo‘ladi. U kamchiliklarni ahamiyati yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:50 | Savol-javoblar | 158 | Zakot